Shveysariya O‘zbekistonni JSTga a’zo bo‘lish doirasida qo‘llab-quvvatlaydi
Jamiyat
−
20 may 2019
3347Toshkentda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Shveysariya hukumatlararo komissiyasining sakkizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Shveysariya kompaniyalari va banklarining 25 dan ortiq vakillari ishtirok etdilar. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR markazi xabar tarqatdi.
Hukumatlararo muloqot doirasida tovar ayirboshlash hajmining ijobiy dinamikasi, mamlakatda Shveysariya biznesining o‘rnini mustahkamlash hamda Yevropa ishbilarmon doiralarining O‘zbekistonda yangi g‘oyalar va tashabbuslarni amalga oshirishga qiziqishi tobora ortib borayotgani qayd etilgan.
Shu munosabat bilan Shveysariya hukumati O‘zbekistonni JSTga a’zo bo‘lish doirasida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida bank sektorida hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shimcha eksport kredit liniyalarini ochish, sayyohlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi ikki tomonlama bitimlar imzolandi.
LiveBarchasi