Jizzaxda samolyotlar uchun skanerlar ishlab chiqaradigan korxona quriladi

Jamiyat

image

Jizzax shahrida skanerlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yuqori texnologiyali korxona barpo etiladi.

“International Aerospace Committee” (IAC) va “Raqamli ishonch” Jamg‘armasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va rivojlantirish hamda kelishilgan maqsadlar doirasida ma’lumotlar almashinuvini o‘rnatishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Tomonlar bir-biriga zarur bo‘lgan ma’muriy va yuridik yordam ko‘rsatish, qo‘shma loyihani amalga oshirishda yuzaga kelayotgan savollar bo‘yicha konsultatsiyalar berishga ham tayyorligini ta’kidlashdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasida aviatsiya, koinot, energetika va yer resurslari sohasida yuqori texnologiyali loyihalarga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha birgalikda ishlarni olib borish to‘g‘risida kelishib oldilar. Bundan tashqari, Memorandumdagi vazifalarni amalga oshirishda tajriba va ma’lumotlar bilan almashish, o‘zaro konsultatsiyalar o‘tkazish ham nazarda tutilgan.

Memorandum doirasidagi birinchi loyihalaridan biri – Shveysariyaning “Tudor Tech” texnologiyalarini transferi bo‘lishi mumkin. “Tudor Tech” – samolyotlar va transportning boshqa turlarini rentgen bilan skaner qiluvchi uskunalarni ishlab chiqaruvchi jahonda birinchi va yagona kompaniyadir. Bu xavfsizlikni nazorat qilishning tezkor va ishonchli usuli hisoblanadi.

Texnologiya portlovchi moddalar, qurol-yarog‘, giyohvand moddalar va naqd pullarni noqonuniy o‘tkazish hollarini aniqlash bo‘yicha samarali vosita bo‘lib, keltirib o‘tilgan tahdidlarni 100 foiz aniqlashning imkonini beradi.

O‘tkazilgan uchrashuv doirasida Jizzax viloyatida skanerlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona barpo etish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilindi. Ishlab chiqariladigan skanerlar nafaqat O‘zbekiston, balki butun Osiyoda aeroportlarning xavfsizligini ta’minlaydi. Mazkur muhim loyihani amalga oshirishda “International Aerospace Committee” (IAC) kompaniyasi “Raqamli ishonch” Jamg‘armasiga Shveysariyadan investitsiyalarni to‘liq miqdorda jalb etish bo‘yicha yordam ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Shveytsariya

Baholaganlar

11

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing