O‘zbekiston yaxshi pul to‘lasa, Qozog‘iston neft eksportini oshirmoqchi

Olam

image

Qozog‘iston rasmiylari Toshkentdan yaxshi narx taklifi bo‘lsa, O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Qozog‘iston energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

“O‘zbekiston Respublikasiga neft yetkazib berish Shag‘ir neft quyish stansiyasi (Chimkent) va Qosimov neft nasos stansiyasidan (Atirau) amalga oshirilmoqda. Agar O‘zbekiston tomoni Xitoy yoki boshqa xorijiy davlatlarga qaraganda yaxshiroq narx va shartlarni taklif qilsa, biz yetkazib berish hajmini oshirishni ko‘rib chiqishga tayyormiz”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, bu masala allaqachon O‘zbekiston vakillari va Qozog‘iston yer qa’ridan foydalanuvchilari bilan muhokama qilingan.Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yakuniga ko‘ra, Qozog‘iston neftining O‘zbekistonga eksporti umumiy hajmning 0,13 foizini tashkil qilgan. 

“Qozog‘iston hududi orqali 300 ming tonna Rossiya neftini tranzit qilish bo‘yicha kelishuvga muvofiq, yil boshidan buyon 79 ming tonna yetkazib berildi. Shu bilan birga, 2022 yilda Qozog‘iston neftining O‘zbekistonga eksporti hajmi 87 ming tonnaga, joriy yilning to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha esa 46 ming tonnaga yetdi”, deya tushuntirdi vazirlik.

Ma’lumot uchun, hozirda Rossiya Qozog‘istondan neftni Kaspiy quvurlari konsorsiumi infratuzilmasi orqali tranzit qilmoqda. 2022 yil iyul oyida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev neftni Rossiyani chetlab o‘tib, shu jumladan dengiz orqali yetkazib berishning yangi yo‘llarini o‘rnatishni buyurgan edi. To‘qayev Xitoy, Qozog‘iston, Kaspiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya va Yevropa davlatlari orqali Rossiya hududiga kirmasdan o‘tadigan Transkaspiy yo‘nalishini ustuvor yo‘nalish deb atadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Neft'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing