O‘zbekiston YAIM aholi jon boshiga 1600 dollardan oshdi

Jamiyat

image

2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 580 203,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu 2019 yil bilan taqqoslaganda 1,6 foizga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilda aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 16 949,1 ming so‘mni yoki mos ravishda 1 685,5 AQSH dollarni tashkil etgan. 

2020 yil yakuni bo‘yicha YAIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarish 341 467,5 mlrd so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasi 194 363,5 mlrd so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan. Mahsulotlarga qo‘yilgan sof soliqlar esa 44 372,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2020 yilda YAIM o‘sishi 2019 yildagi 5,8 foiz va 2018 yildagi 5,4 foizga nisbatan 1,6 foizgacha sekinlashdi. Shu bilan bir vaqtda, YAIM deflyator indeksida ham 2019 yildagi 118,6 foiz va 2018 yildagi 127,5 foizga nisbatan 2020 yilda 111,9 foizgacha sekinlashish kuzatildi.


Maqola muallifi

Teglar

YaIM statistika

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing