O‘zbekiston va Yaponiya o‘yini vaqtida “Bunyodkor”ga yaqin kela ko‘rmang!

Jamiyat

image

Bugun, 15 may kuni soat 17:00 dan soat 00:00 gacha Toshkentning Chilonzor tumanidagi “Bunyodkor” stadioni atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarida “yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi” munosabati bilan avtotransport vositalari uchun harakat vaqtinchalik cheklanadi:

•    Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor  va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
•    Muqimiy  va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
•    Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan-Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, bugun, 15 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasida O‘zbekiston – Yaponiya uchrashuvi o‘tkaziladi. O‘yin soat 21:00 da boshlanadi. O‘yinga mahalliy muxlislar kiritilmaydi. Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekiston – Iroq o‘yinida muxlislar maydonga tosh otgani uchun shunday qaror qabul qildi. Yetmaganiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 50 ming dollar jarimaga tortildi. Yarim final o‘yiniga Yaponiya yoshlarini qo‘llab-quvvatlovchi muxlislardan 500 nafari kiritiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

futbol

Baholaganlar

767

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing