O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida hamkorlik bitimi tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Vengriya bilan hamkorlik to‘g‘risidagi xalqaro bitimni tasdiqladi. Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilganidek, u bilan O‘zbekiston Hukumati bilan Vengriya Hukumati o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Hujjat Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning joriy yil 30 martda Toshkent shahriga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.

Bitim savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm va atrof muhitni muhofaza qilish sohalarida, shuningdek o‘zaro manfaatli boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi uning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi. Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnomani Vengriya tomoniga yuborish topshirildi.

 Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va joriy yil 28 iyundan kuchga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vengriya

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing