O‘zbekiston va Tojikiston olimlari zilzilalarni prognozlash bo‘yicha hamkorlik qiladi
Jamiyat
−
14 noyabr 2020
3401O‘zbekiston Fanlar akademiyasi G‘.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va Tojikiston Fanlar akademiyasi Geologiya, zilzilalarga chidamli qurilish va seysmologiya instituti o‘rtasida kelishuv imzolandi. Bu haqda O‘zFA rasmiy saytida xabar berildi.
Kelishuv doirasida ikki mamlakat mutaxassislari zilzilalarni bashorat qilish va seysmik rayonlashtirish sohasida uslubiy ishlanmalar va geologik, geofizik, seysmologik ma’lumotlar almashadi.
Shuningdek, hujjat Markaziy Osiyoning zamonaviy geodinamikasi va seysmikligini, platforma va orogen mintaqalarining holatini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma loyihalarda ishtirok etishni nazarda tutadi.
Imzolangan kelishuvga ko‘ra, seysmik xavfni baholash, zamonaviy geodinamika kabi sohalarga bag‘ishlangan simpoziumlar va ilmiy konferensiyalarni birgalikda tashkil etish rejalashtirilgan.
Ikki davlat mutaxassislari kuchli zilzilalarning epitsentral zonasida makroseysmik va seysmotektonik tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirishni ham mo‘ljallamoqda.
Shu bilan birga ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va ilm-fanni rivojlantirishga xizmat qiladi.
LiveBarchasi