O‘zbekiston va Tojikiston chegara demarkatsiyasi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
Jamiyat
−
17 aprel 2019
7420Joriy yilning 11-17 aprel kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi demarkatsiyasining tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV xabar berdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayyorlandi hamda dala ishlari reja-grafigi kelishildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra Protokol imzolandi. Ikki mamlakat delegatsiyalarining navbatdagi majlisi may oyining ikkinchi o‘n kunligida Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi