O‘zbekiston va Tojikiston Bekobod-Konibodom-Qo‘qon temiryo‘lini elektrlashtiradi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
O‘zbekiston Qirg‘izistonga bir necha million dollar mablag‘ ajratadi north_east

O‘zbekiston Qirg‘izistonga bir necha million dollar mablag‘ ajratadi

O‘zbekiston va Tojikiston temir yo‘l kompaniyalari Tojikiston shimolidagi Bekobod-Konibodom-Qo‘qon temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab elektr uzatish liniyasini qurish to‘g‘risida bitim imzolashni rejalashtiryapti.

“Yaqin kelajakda imzolanishi rejalashtirilgan shartnomalar bo‘yicha kelishuv jarayoni yakunlanmoqda”, degan “Tojikiston temir yo‘llari” DUK vakili “Asia-plus”ga.

Kompaniya vakili ushbu loyihani ikki mamlakat mutaxassislari tomonidan amalga oshirish bo‘yicha dastlabki ishlari o‘tgan yili boshlanganini ta’kidlagan.

Tojikiston temir yo‘llari elektrovozlarga o‘tish ikki tomonning manfaatlariga mos kelishini, tashuvchining xarajatlari kamayishi, ko‘mir yoqilishidan atmosferaga zararli moddalar chiqishi to‘xtatilishini, poyezdlar harakat tezligi ortishini, bu o‘z navbatida tomonlarning daromadi ko‘payishiga sabab bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Kompaniya tafsilotlarni, shartnoma shartlarini faqat hujjat imzolanganidan keyin ochiqlashi mumkinligini qayd etgan.

Shu bilan birga, “Sputnik Tadjikistan” nashri o‘z manbalariga asoslanib, tomonlar kelishuvni imzolaganini, unga ko‘ra, rasmiy Toshkent elektr uzatish liniyasining So‘g‘d viloyatidan o‘tgan qismini qurishni to‘liq o‘z zimmasiga olganini ma’lum qildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Spitamen tumani chegarasidan Tojikistonning “Konibodom” stansiyasigacha poyezdlar tranziti uchun elektr uzatish liniyasining qurilishi 108 kmdan ortiq.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing