O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Jamiyat

image

Joriy yil 26 – 30 iyul kunlari Sharqiy harbiy okrugga qarashli “G‘urumsaroy” dala o‘quv maydonida O‘zbekiston – Tojikiston harbiy xizmatchilari ishtirokida “Jangovar hamdo‘stlik – 2021” deb nomlangan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida o‘zbek-tojik harbiylari kasbiy faoliyatlari yuzasidan o‘zaro malaka va tajriba almashdilar.

30 iyul kuni O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari Qurolli Kuchlari hamkorligida o‘tkazilgan “Jangovar hamdo‘stlik – 2021” maxsus taktik o‘quvining asosiy jarayonlari yakuniga yetdi.

O‘quvning tantanali yopilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i va Tojikiston Respublikasi Mudofaa vazirining maslahatchisi general-mayor A’zam Qosimov ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati Termiz shahri poligonlarida O‘zbekiston va Rossiya Qurolli Kuchlari hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlari boshlangan. Ushbu jarayonlar 30 iyuldan 10 avgustgacha o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar davomida ikki davlat harbiylari shartli dushmanning yashirin bazalarini qidirib topish va yo‘q qilish, ular tomonidan ehtimoliy hujumlar amalga oshirilganda, uni bartaraf etish kabi vazifalarni bajarishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi

Baholaganlar

354

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing