O‘zbekiston va Serbiya birinchi xonimlari Qibraydagi bog‘chaga bordi
Jamiyat
−
29 Oktabr 7345 1 daqiqa
Bugun, 29 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva va Serbiya Prezidentining rafiqasi Tamara Vuchich Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga bordi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
-Recovered-Recovered(5).jpg)
Ularni markaz mutaxassislari kutib olib, u yerda alohida parvarishga muhtoj bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlab berdi. Ushbu markaz bolalar bog‘chasi, logopedik va psixologik yordam, shuningdek, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyani o‘z ichiga oladi.
Tanishuv davomida Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich bolalar, tarbiyachilar va ota-onalar bilan suhbatlashib, bunday muassasalarning inklyuziv jamiyatni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidladi.
.jpg)
O‘zbekiston birinchi xonimi inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish bolalar huquqlarini himoya qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. O‘z navbatida, Serbiya Prezidentining rafiqasi O‘zbekistonda alohida parvarishga muhtoj bolalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan hayratda ekanini bildirdi hamda markaz faoliyatini yuqori baholadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 oktyabr kuni O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Serbiyaning birinchi xonimi Tamara Vuchich uchrashuv o‘tkazgandi.