O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Osiyo kubogi mezbonligi uchun kurashdan chiqdi

Sport

image

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyalari 2026 yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilish bo‘yicha o‘z arizalarini qaytarib oldi. Bu haqda “Insideworldfootball” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston ham, Saudiya Arabistoni ham musobaqaga mezbonlik qilish borasida kuchli ishonch va ambitsiyalarga ega, biroq O‘zbekiston yosh guruhlari bo‘yicha bir qancha Osiyo chempionatlariga mezbonlik qilgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni hozirda ayollar o‘rtasidagi mintaqaviy chempionatni o‘zida qabul qilmoqda.

O‘tgan yili Avstraliya Jahon chempionati o‘yinlariga mezbonlik qilgan va mutaxassislarning fikricha, bu mamlakat iqtisodiyotiga bir milliard AQSH dollariga yaqin daromad keltirgan. Shunga o‘xshash bir qator sabablarga ko‘ra, Osiyo kubogi mezbonligi “yashil qit’a” vakillariga ishonib topshiriladi.

Aprel oyida Osiyo kubogi mezbonligi rasman Avstraliyaga berilganligi e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi 2026 yilda o‘tkaziladi. Musobaqa 2027 yil yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogiga saralash vazifasini ham o‘tab beradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Saudiya Arabistoni Avstraliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing