O‘zbekiston va Rossiya yangi loukoster tuzishni rejalashtiryapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Rossiya yo‘lovchi va yuk tashish uchun hamkorlikda loukoster tashkil qilishi mumkin. Bu haqda ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining ikkinchi yig‘ilishida aytib o‘tildi.

RF Transport vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga Transport vaziri Elyor G‘aniyev, Rossiya delegatsiyasiga Rosaviatsiya boshlig‘i Aleksandr Neradko boshchilik qilgan.

Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan yig‘ilishda Havo transporti federal agentligi va Fuqarolik aviatsiyasi agentligi o‘rtasida xavfsiz parvoz sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvni imzolashga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. 

Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ikki davlat o‘rtasida reyslar sonini ko‘paytirish, yo‘lovchi va yuk tashish uchun hamkorlikda loukosterni tashkil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya parvoz

Baholaganlar

509

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing