O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 11 ta hujjat imzolandi

Olam

image

Ikki davlat rahbarlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlariga ko‘ra o‘zaro hamkorlik bo‘yicha 11 ta hujjat imzolandi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Xususan, ikki davlat hukumatlari o‘rtasida Rossiya Federatsiyasining Bosh konsulligini Samarqand shahrida tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.

Avvalroq xabar berilgan Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida qabul qilgan qo‘shma bayonoti ham ushbu hujjatlar sirasiga kiradi. 

Bundan tashqari, Rossiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, fan va oliy ta’lim vazirliklari, bojxona boshqarmalari, temir yo‘l va boshqa bir qator tuzilmalar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga doir hujjatlar qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va RF yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda turli dolzarb masalalar kun tartibiga chiqdi, jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sodiq munosabatlariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu kelishuv doirasida bugun, 7 oktyabr kuni O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali Rossiya gazi tranzit qilinadi. Ushbu marosimda davlat rahbarlari Vladimir Putin, Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart To‘qayev ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin hujjat Kreml

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing