O‘zbekiston va Rossiya orasidagi AES qurilishi haqida shartnoma kuchga kirdi
Olam
−
28 iyun
6254O‘zbekiston va Rossiya Jizzaxda kam quvvatli AES qurilishi boshlanishi haqida protokol imzoladi. Qurilish ishlari joriy yilning kuzida boshlanadi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, “O‘zatom” Atom energiyasi agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi muhandislik bo‘limi rahbarlarining rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Unda tomonlar olti blokli kam quvvatli AES qurilishi haqida shartnoma kuchga kirishi to‘g‘risida protokol imzolagan. Delegatsiya bo‘lajak olti blokli AES infratuzilmasini yaratish ishlari boshlanadigan hududni ko‘zdan kechirgan.
Loyihaning qurilish ishlari Jizzax viloyatida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, AESning umumiy quvvati 330 MVt tashkil qiladi (olti blokdan har biri 55 MVt quvvatga ega). “Rosatom” stansiya qurilishining asosiy pudratchisi sifatida qatnashadi, loyihaga mahalliy kompaniyalar ham jalb qilinadi. AES 2029-2033 yillar oralig‘ida bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, may oyida kam quvvatli AES qurilishi joriy yilning yozida boshlanishi haqida xabar berilgandi.
Mavluda Satiyeva
LiveBarchasi