O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokurorlari o‘zaro hamkorlik dasturini imzoladi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokurorlari 2025 yilgacha bo‘lgan hamkorlik dasturini imzoladi. Bu haqda Rossiya prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, bugun, 2 aprel kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston Bosh prokurorlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Unda Rossiya Bosh prokurori Igor Krasnov 10 kun oldin Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan, yuzdan ortiq odamning umriga zomin bo‘lgan, terrorchilik harakatini esga olib, ushbu xavf O‘zbekiston uchun ham mavjudligini aytib o‘tgan.

“Shuning uchun ham biz terrorizm harakatlarini bostirish, yoshlarning radikallar safiga kirib ketishining oldini olish bo‘yicha transchegaraviy hamkorlikni chuqurlashtirish va birgalikda, yaqin hamkorlikda harakat qilishimiz kerak. Faqat shu yo‘l bilan biz yot mafkura tarqalishining oldini olamiz”, degan Krasnov.

Krasnov O‘zbekiston Bosh prokuraturasini MDH Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlatlararo Kengashiga kuzatuvchi sifatida qo‘shilishga taklif qilgan.

"Ishonchim komilki, korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi boy professional tajribangiz Kengash faoliyatida talabga ega bo‘ladi", degan u.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing