O‘zbekiston va Pokistonni bog‘lovchi temiryo‘l quriladi

Jamiyat

image

Pokiston O‘zbekiston va Afg‘oniston bilan Transafg‘on temiryo‘l loyihasi uchun xalqaro moliya institutlaridan 4,8 milliard dollar kredit jalb qilish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi.

Temiryo‘l aloqasi Afg‘oniston orqali Pokiston va O‘zbekistonni bog‘laydi.

Pokiston Bosh vazirining savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud Hukumat rahbari Imron Xon mamlakat nomidan megaloyihani imzolaganini ma’lum qildi.

Mazkur bayonotni imzolashda O‘zbekiston Transport vaziri vazifasini bajaruvchi Ilhom Mahkamov ham ishtirok etgan. Avvalroq bayonot Afg‘oniston va O‘zbekiston prezidentlari tomonidan ham imzolangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Pokiston

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing