Pokiston O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Jamiyat

image

Kecha, 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ahmad Faruqni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda Baxtiyor Saidov Pokiston elchisi Ahmad Faruqdan ishonch yorlig‘ining nusxasini qabul qilib olgan. 

Shuningdek, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Pokiston o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalari, mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan. Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda bo‘lajak tadbirlarning jadvali hamda tashkiliy jihatlari muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing