O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida xavfsizlik komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi protokol tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston bilan qo‘shma xavfsizlik komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi protokolni tasdiqladi. O‘zbekiston rahbarining joriy yil 20 iyul kuni imzolagan qarori Qonunchilik milliy bazasida e’lon qilindi. 

“O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Pokiston Islom Respublikasi hukumati o‘rtasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlansin”, deyiladi hujjatda.  

Qayd etilishicha, qarorga muvofiq, respublika Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tomonidan protokol kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-qoidalari bajarilganligi to‘g‘risida Pokiston tomonini xabardor qiladi. 

Ushbu Protokol 2021 yilning 2 noyabr kuni Islomobodda imzolangan edi. 

Hujjatda O‘zbekiston va Pokiston Xavfsizlik kengashlari o‘rtasida ikki davlat vakolatli organlarini muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazish nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Pokiston

Baholaganlar

89

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing