O‘zbekiston va Pokiston nimalarga kelishib oldi?

Jamiyat

image

Bugun, 26 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ikki mamlakat yetakchilari huzurida tashrif davomida imzolangan quyidagi hujjatlar almashilgan:

  • Fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari to‘g‘risida bitim;
  • Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Professional ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar va ahdlashuvlar hamda boshqa hujjatlar.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgandi. Bugun, 26 fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida uni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Pokiston muzokara Shahboz Sharif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing