Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

O‘zbekiston va Malayziya nimalarga kelishib oldi?

Jamiyat

image

Bugun, 5 fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

  • Mahsulotlarning “halol” standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Bojxona ishida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim;
  • Oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Akademik-diplomatik hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • “Aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • 2025-2026 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma reja.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti kecha, 4 fevral kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan Malayziyaga yetib borgandi. Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlat rahbarini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari bin Abdul, Ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Prezident aeroportda Malayziya parlamenti spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bugun, 5 fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi “Perdana Putra” hukumat majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu yerda Mirziyoyev va Ibrohim tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Malayziya Anvar Ibrohim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing