Shaxmat. O‘zbekiston jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi

Sport

image

Quddusda shaxmat bo‘yicha erkaklar termasi o‘rtasida jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi FIDE jamoviy jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionatining final uchrashuvida o‘zbekistonliklar Xitoy shaxmatchilariga qarshi dona surdi va yakunda ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Ikkita partiyadan iborat bo‘lgan bahslarda O‘zbekiston raqiblariga 2,5-1,5 va 2,5 — 1,5 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi.

Shuningdek Jahon chempionatida Ispaniya uchinchi o‘rin, Hindiston esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat

Baholaganlar

728

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing