O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida temiryo‘l qatnovi qachondan tiklanishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida muntazam poyezd qatnovlari tiklanadi. Kelasi oy boshidan Nukus – Beyneu – Nukus yo‘nalishida qatnovlar boshlanadi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.

Ushbu poyezd “Nukus” vokzalidan haftaning har seshanba, juma va yakshanba kunlari va “Beyneu” stansiyasidan har dushanba, chorshanba va shanba kunlari jo‘natiladi.

Boshqa qo‘shni davlatlar bilan temir yo‘l yo‘nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma bosqich ochilishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sababli Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegaralari ochilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

poezd

Baholaganlar

313

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing