O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar kengaytiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyatlarining joriy yil may oyidagi kelishuviga muvofiq ikki davlat o‘rtasida yangi muntazam aviaqatnovlar tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand – Olmaota va Turkiston – Toshkent muntazam aviaqatnovlari yo‘lga qo‘yilgan.

Samarqand – Olmaota – Samarqand yo‘nalishida “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalari tomonidan haftasiga 2 marotabadan qatnov amalga oshiriladi.

Turkiston – Toshkent – Turkiston yo‘nalishida “Air Astana” aviakompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Fly Arystan” aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 2 marotaba qatnov bajariladi.

“Ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklangandan buyon sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya qilgan holda “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalarining har biri tomonidan Toshkent – Olmaota yo‘nalishida haftasiga 7 marotabadan, Toshkent – Nur-Sulton yo‘nalishida esa haftasiga 3 marotabadan muntazam yo‘lovchi qatnovlari bajarilmoqda”, deyiladi axborotda.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” va "SCAT Airlines” aviakompaniyalarining har biri tomonidan “Urganch – Aqtau – Urganch” (haftasiga 2 marta) yo‘nalishida hamda “SCAT Airlines” aviakompaniyasi tomonidan “Aqtau – Nukus – Aqtau” (haftasiga 1 marta) yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10 iyundan Rossiya O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytirishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Aviaqatnov

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing