O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryo suvini hisoblashni avtomatlashtiradi
Jamiyat
−
07 yanvar
2501O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryo daryosi suvini avtomatlashtirilgan tarzda hisoblash uchun texnik shartlarni ishlab chiqishni kelishib oldi. Bu haqda Qozog‘iston Suv resurslari va irrigatsiya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryo daryosi havzasida suv hisobini avtomatlashtirish tizimlari o‘rnatiladigan 10 ta uchastkani aniqlagan. Ushbu uchastkalarning 5 tasi Qozog‘iston hududida, qolgan 5 tasi esa O‘zbekiston hududida joylashgan.
Hozirda tomonlar xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Loyiha bo‘yicha umumiy texnik shartlarni Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ishlab chiqmoqda.
“Ta’kidlash joizki, hozircha faqat dastlabki 10 ta uchastka belgilangan. Umuman olganda, biz barcha asosiy gidropostlarni avtomatlashtirish va suv hisobining to‘liq shaffofligini ta’minlashni rejalashtirganmiz. Ushbu masalani biz qirg‘izistonlik va tojikistonlik hamkasblarimiz bilan bo‘lgan muzokaralarda ham faol ilgari surmoqdamiz”, dedi Qozog‘iston Suv resurslari va irrigatsiya vaziri o‘rinbosari Nurlan Aldamjarov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Oqilbek Japarov Issiqko‘lni saqlab qolish uchun Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga kamroq suv berishi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, u Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan bu borada tushuntirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi