O‘zbekiston va Qozog‘iston shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovlari tiklandi
Jamiyat
−
12 aprel 2022
9662Uzoq muddatli tanaffusdan keyin bugun, 12 aprel kunidan O‘zbekiston va Qozog‘iston shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovlari qayta yo‘lga qo‘yildi.
Ayni damda “Toshkent” avtovokzalidan quyidagi Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobus qatnovlari amalga oshiriladi:
• 12:00 Toshkent - Chimkent - 60 000 so‘m
• 16:00 Toshkent - Olma-Ota - 200 000 so‘m
• 17:00 Toshkent - Olma-Ota - 200 000 so‘m
• 18:00 Toshkent - Nur-Sulton - 350 000 so‘m
• 18:00 Toshkent - Olma-Ota - 200 000 so‘m
• 18:00 Toshkent – Xo‘jand (Tojikiston) - 100 000 so‘m
• 19:00 Toshkent - Turkiston - 100 000 so‘m
• 19:00 Toshkent - Qizilo‘rda - 200 000 so‘m
• 19:30 Toshkent - Olma-Ota - 200 000 so‘m
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni Respublika maxsus komissiyasining O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi poyezdlar qatnovlarini hamda avtobus yo‘nalishlarida paritet asosida yo‘lovchi tashish faoliyatini karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda qayta tiklanishi ma’lum qilingan edi.
Biroq Qozog‘iston tomoni chegarani ochishi biroz cho‘zildi. Rasmiy Nur-Sulton joriy yilning 11 aprelidan O‘zbekiston bilan quruqlik chegaralarini ochdi.
LiveBarchasi