O‘zbekiston va Qozog‘iston armiyasi “spetsnaz”i qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazmoqda
Olam
−
02 noyabr 2021 8177 1 daqiqa
Qozog‘iston va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari maxsus bo‘linmalarining “Qalqon-2021” qo‘shma taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar Qozog‘iston Gvardiya garnizonida o‘tkazilmoqda.
Qozog‘istondan 250 ga yaqin harbiy xizmatchilar, 40 dan ortiq zirhli va avtomobil texnikasi, o‘nta aviatsiya texnikasi, jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlari ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida ikki davlat harbiy xizmatchilari birlashgan taktik otryad tarkibida qo‘shma maxsus operatsiyani tashkil etish va o‘tkazish usullarini ishlab chiqadi.
Mashg‘ulotlar maxsus operatsiyani tashkil etish va o‘tkazish jarayonida qo‘mondonlik-nazorat organlari va bo‘linmalarining harakatlarini muvofiqlashtirishni takomillashtirish, maxsus kuchlar shaxsiy tarkibining tayyorgarlik darajasini oshirish, shuningdek, xalqaro harbiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Qozog‘iston va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari maxsus bo‘linmalarining “Qalqon-2021” qo‘shma taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 5 noyabr kuni yakunlanadi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28