O‘zbekiston va Qirg‘iziston umumiy chegaralari masalasini muhokama qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Qirg‘iziston umumiy chegarani demarkatsiya qilish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston janubidagi O‘sh shahrida ikki davlat ishchi guruhlarining chegara demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

“Yig‘ilishda 2023 yilga mo‘ljallangan ishlar yakunlari sarhisob qilindi, 2024 yilga mo‘ljallangan uchrashuvlar jadvali tasdiqlandi. Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish, demarkatsiya xaritalari va maxsus umumiy geodeziya tarmog‘ini yaratish masalalari muhokama qilindi”, deydi matbuot xizmati vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitida o‘tgan va uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolangan.

“Ishchi guruhlarning navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi”, deyiladi Vazirlar Mahkamasi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegara masalasini muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing