O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyaning Antaliya shahrida Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakboyev va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv kecha, 11 mart kuni ikkinchi “Antaliya diplomatik forumi” doirasida o‘tkazildi, deb axborot bergan Qirg‘iziston TIV.

Uchrashuvda tomonlar xalqaro va mintaqaviy maydonda kun tartibiga chiqqan dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashgan. Ukraina atrofidagi vaziyatga to‘xtalar ekan, tomonlar bir ovozdan mojaroni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal qilish uchun zudlik bilan keskinlikni pasaytirish, harbiy harakatlarni to‘xtatish va muzokaralar stoliga qaytish zarurligi haqida fikr bildirgan.

Bundan tashqari, tomonlar Qirg‘iziston-O‘zbekiston hamkorligi kun tartibidagi dolzarb masalalarni hamda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘llarini muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

479

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing