O‘zbekiston va Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirlari Toshkentda uchrashdi
Jamiyat
−
14 aprel
2957Bugun, 14 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Jeenbek Kulubayev “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan.
“Hech shubhasiz, ikki tomonlama aloqalarimiz barcha yo‘nalishlarda misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda mintaqaviy yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini namoyon etayotgan Markaziy Osiyoning har qachongidan ham ko‘proq namuna bo‘layotganini ta’kidladik”, deb yozadi Saidov.
Xabarga ko‘ra, bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Ertaga, 15 aprel kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 11 aprel kuni Minskda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan uchrashgan edi.
LiveBarchasi