O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasi yaqinida qurol-yarog‘lar ombori topildi

3-sahifa

image

Kecha, 28 mart kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar ombori topildi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Suzoq tumanida chegara otryadining xizmat ko‘rsatish vaqtida chegaradan 600 metr masofada xizmat iti signal bergan. Chegarachilar suv lyukining ichiga yashirilgan, polietilen plyonkaga o‘ralgan 16 kalibrli ov miltig‘ini topgan.

Qurol va o‘q-dorilar bayonnomaga muvofiq rasmiylashtirilib, Qirg‘iziston Respublikasi IIV hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chegara Qirg'iziston o'q-dori ombor qurol-yarog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing