O‘zbekiston va Germaniya maxfiy axborotlar almashish sohasida hamkorlik qiladi
Jamiyat
−
29 yanvar 2021
2682O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida maxfiy axborotni almashish va o‘zaro muhofaza qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2019 yil 28 may kuni Toshkent shahrida imzolangan. Davlat xavfsizlik xizmati Bitimni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilangan.
Tashki ishlar vazirligiga Germaniya tomoniga Bitim kuchga kirishi uchun O‘zbekiston tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi to‘g‘risidagi tegishli bildirishnomani yuborish topshirilgan.
LiveBarchasi