Germaniya TIV rahbari Afg‘oniston masalasida O‘zbekistonga keladi
Olam
−
27 avgust 2021
5754Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas O‘zbekistonga keladi. U Toshkentda rasmiylr bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirgan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Maas O‘zbekistondan tashqari Tojikiston, Pokiston, Turkiya va Qatarga ham boradi. Germaniya vaziri evakuatsiya qilinadigan afg‘onlarga ushbu davlatlarda hujjatlar berilishiga kelishmoqchi.
“Yakshanba kuni bu haqda Tojikiston, O‘zbekiston va Pokistondagi hamakasblar bilan kelishish uchun mintaqaga boraman”, degan u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, safar davomida Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelgan vaqtda xalqaro hamjamiyat qanday harakat qilishi kerakligi haqida ham so‘z boradi.
“Shuningdek, yangi hukumat bilan qanday sharoitda shartnoma tuzishga tayyor ekanimiz haqida ham suhbatlashamiz”, degan Maas. Shu sababdan u Turkiya va Qatarga ham boradi.
Qatar poytaxti Dohada “Tolibon” bilan muzokaralar o‘tkaziladi. Unda nemis diplomatlari ham qatnashadi.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston mamlakatdagi afg‘onlarning viza muddatini uzaytirib berishidan umid qilayotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi