Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri va Prezidentiga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
18 iyul 2021
7655O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Respublikasi Federal Kansleri Angela Merkel va Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ushbu mamlakat g‘arbida ro‘y bergan halokatli toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.
Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Ma’lumot uchun, Germaniyada sodir bo‘lgan toshqinlar natijasida hozirgacha 156 kishi halok bo‘ldi. Toshqin qo‘shni davlatlar Beliya, Niderlandiya va Chexida ham kuzatilmoqda.
LiveBarchasi