O‘zbekiston va Eron o‘rtasida aviaqatnov tiklandi

Jamiyat

image

Bugun, 9 dekabr kuni Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi “Tehron-Toshkent-Tehron” yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston transport vazirligi ma’lum qildi.

Dastlabki bosqichda Eron aviakompaniyasi mazkur yo‘nalishda parvozlarni haftasiga bir marta bajaradi. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga ikki martaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Eron Islom Respublikasi aviatsiya ma’muriyatining “Zagros Airlines” aviakompaniyasini muntazam parvozlarni bajaruvchi aviakorxona sifatida tayinlash to‘g‘risidagi xabarnomasiga, shuningdek, 2001 yil 17 avgustdagi Havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim doirasida taqdim etilgan zarur hujjatlarga muvofiq, “Tehron-Toshkent-Tehron” yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun eron aviakompaniyasiga ekspluatatsiya ruxsatnomasi berilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida muntazam parvozlarning tiklanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki beradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Eron aviaqatnov

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing