O‘zbekiston o‘smirlari Angliya va Marokash bilan o‘ynaydi

Sport

image

Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston U-17 futbol jamoasi xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasida Angliya, Kanada va Marokash U-17 jamoalari bilan o‘ynaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 20 avgustdan boshlab Farg‘ona shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishadi.  1 sentyabrdan yig‘inning ikkinchi qismi Ispaniyada davom ettiriladi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoa yig‘in doirasida xalqaro turnirda ishtirok etadi va 2025-yilgi U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari – Angliya, Kanada hamda Marokash o‘smirlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Bosh murabbiy tomonidan quyidagi futbolchilar yig‘inga jalb etilgan:

Taqvim:

  • 3 sentyabr. Angliya – O‘zbekiston;
  • 6 sentyabr. Kanada – O‘zbekiston;
  • 9 sentyabr. Marokash – O‘zbekiston.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgandi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi mundialdagi ishtirokini joriy yilning 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Keyingi bahs esa 8 noyabr kuni Irlandiya U-17 ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Guruhdagi so‘nggi uchrashuvni O‘zbekiston vakillari 11 noyabr kuni panamalik tengqurlariga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston U-17

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing