Bugun O‘zbekiston yarim final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi
Sport
−
16 may 6757 1 daqiqa
Bugun, 16 may kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi chorak final uchrashuvida maydonga tushadi. Sergey Chigodayev boshqaruvidagi jamoa yarim final yo‘llanmasi uchun Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi guruh bosqichida Hindiston va Avstraliya terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratgan holda “D” peshqadam sifatida chorak finalga chiqdi.
Janubiy Koreya esa, guruh bosqichida 2 durang va 1 g‘alaba bilan “C” guruhida 2-o‘rin bilan chorak finalga chiqdi.
Ushbu yosh toifasida jamoalar so‘ngi bor 2023 yil yozida to‘qnash kelgan. Unda Janubiy Koreya kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ma’lumot uchun, ushbu yosh toifasidagi 2025 yilgi Osiyo kubogi sohibi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hisoblanadi.