Bugun O‘zbekiston final yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi
Sport
−
11:05 4119 1 daqiqa
Bugun, 19 may kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi yarim final uchrashuvida maydonga tushadi. Sergey Chigodayev boshqaruvidagi jamoa final yo‘llanmasi uchun Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi guruh bosqichida Hindiston va Avstraliya terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratgan holda “D” peshqadam sifatida chorak finalga chiqdi.
Chorak finalda esa O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Janubiy Koreyani penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyatga uchratgandi.
Yaponiya o‘smirlari esa yarim finalga Tojikistonni 5:0 hisobida mag‘lub etgan holda yetib keldi.
Ushbu yosh toifasida O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalar oxirgi bor 2023 yilgi Osiyo kubogida bahs olib borgan va unda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgandi. Bugun, 19 may kungi bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da Jiddada bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 2025 yilgi U-17 Osiyo kubogi sohibi O‘zbekiston terma jamoasi hisoblanadi.

Live
Barchasi