O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Iroqni yenga olmadi
Sport
−
10 Sentabr 2019 5577 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniyaning Oman shahrida Iroq terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
O‘yinda har ikki jamoa ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘lsa-da, darvozalar dahlsizligi saqlab qolindi.
Keyingi o‘yinni 10 oktyabr kuniEktor Kuper shogirdlari Toshkentda o‘tkazadi. Terma jamoa Jahon chempionati -2022 saralashi doirasida Yaman milliy jamoasi bilan bellashadi.
O‘rtoqlik o‘yini
9 sentyabr, Oman, Iordaniya
O‘zbekiston – Iroq 0:0
O‘zbekiston: Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Yegor Krimets (Doston Tursunov 73), Davron Xoshimov, Aziz G‘aniyev, Odil Hamrobekov, Sanjar Shoahmedov (Oston O‘runov 64), Jaloliddin Masharipov (Doston Ibragimov 75), Quvondiq Ro‘ziyev (Dostonbek Hamdamov 62), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev 57)
Ogohlantirish: Davron Hoshimov (50)