O‘zbekiston o‘pkani sun’iy shamollatish apparatini ishlab chiqara boshladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘pkani sun’iy shamollatish apparatining dastlabki donasi ishlab chiqarildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu apparat "Texnopolis Moskva" — "Xirana+" O‘zbekistonda alohida iqtisodiy hududning rezident-kompaniyasi ishlab chiqqan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu apparatlarning ishlab chiqarilishiga 8 million dollardan ko‘p investitsiya jalb qilinadi va 100 kishi uchun ish o‘rni yaratiladi.

Yil oxirigacha zavodda mazkur apparatdan 100 dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Kelgusida ishlab chiqarish ko‘lamini yiliga 500 ta o‘pkani sun’iy shamollatish apparati va 500 ta narkozli–nafas olish apparatiga yetkazish belgilangan.

“Mazkur zavod 2020 yil avgustda mamlakat rahbari ishtirokida ochilishi belgilangan”, deya ta’kidlaydi "Xirana+" kompaniyasining bosh direktori Vasiliy Shimko. 

“Ushbu tibbiyot texnikalarini Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg‘onistonga sotish mo‘ljallanmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatidan koronavirusga chalingan va holati og‘irlashgan bemorlarda ham qo‘llaniladi. Ayni damda O‘zbekistonga ushbu tibbiy jihoz Turkiya, Rossiya va Janubiy Koreya kabi davlatlardan yetkazib berilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing