O‘zbekiston UNESCO`ning yana bir konvensiyasiga qo‘shildi
Jamiyat
−
15 fevral 2020
4538Bugun, 15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun UNESCO`ning Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi konvensiyasi kuchga kirdi.
Konvensiya 2005 yil 20 oktyabrda Parij shahrida imzolangan va 2007 yil 18 martda kuchga kirgan. O‘zbekiston Konvensiyani 2019 yil 14 oktyabrda ratifikatsiya qilgan. Hozirgi vaqtda hujjat 148 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Konvensiyaning asosiy maqsadi – madaniy o‘zini ifodalashning turli hil shakllarini himoya qilish va rag‘batlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘li bilan turli madaniyatlarning o‘zaro erkin aloqa qilishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Hozirgi vaqtda mamlakatda Konvensiyaning asosiy qoidalarini hayotga tadbiq etish uchun tegishli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, jumladan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Maqom san’ati xalqaro forumi, Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkazilishi bunga yaqqol misol bo‘ladi.
LiveBarchasi