O‘zbekiston Ukrainaga insonparvarlik yordami yubordi

Olam

image

Joriy yilning 8 aprel kuni O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi. Insonparvarlik yordami Karpartortidagi xablardan biriga yetkazilgan. Bu haqda Karpartorti viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) saytida ma’lum qilindi.

Viloyat rahbari Viktor Nikitaning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik hamkorlar dori-darmon, individual dori-darmon qutilari, uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat va boshqalarni yuborgan.

“Yuk samolyotda yetib keldi, keyin esa Karpatortiga yetkazildi. Bu biz qisqa vaqt ichida harbiy holat sharoitida yo‘lga qo‘ygan moddiy-texnika ta’minoti samaradorligini yana bir bor isbotlaydi. Gumanitar yordam zudlik bilan “qaynoq nuqtalarga” jo‘natiladi”, dedi VHM rahbari.

Viktor Nikita O‘zbekiston hukumatiga ko‘rsatgan yordami va Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenkoga muvofiqlashtirish va samarali gumanitar yo‘lak uchun minnatdorlik bildirgan.

“Ishonchim komilki, bu aloqalar bizga yanada samarali hamkorlik qilish imkonini beradi”, degan Karpatorti rahbari.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida rasmiy Toshkent Ukrainaga gumanitar yordam berishini aytib o‘tgandi. U shuningdek, O‘zbekiston o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmasligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

182

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing