O‘zbekiston U-23 Osiyo kubogidagi eng qimmat jamoa – “Transfermarkt”

Sport

image

Futbol bo‘yicha U-23 O‘zbekiston terma jamoasi Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogining eng qimmat jamoasi deb topildi. Bu haqda “Transfermarkt” portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasi tarkibining umumiy qiymati 15,85 million yevroni tashkil etadi. Bu borada O‘zbekistondan keyingi pog‘onani Yaponiya jamoasi band etdi. “Kunchiqar yurt” jamoasi tarkibining qiymati 12,6 million yevroga teng. Bu borada kuchli uchlikka Koreya termasi yakun yasab berdi. Koreyslar jamoasi tarkibining qiymati 9,68 million yevroga teng.

U-23 Osiyo kubogining eng arzon jamoasi sifatida Iordaniya terma jamoasi qayd etildi. Iordaniyaliklar tarkibidagi futbolchilarning umumiy transfer narxi 850 ming yevroga baholandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya jamoasi turnirdagi yurishini 17 apreldan boshlaydi. “D” guruhidan joy olgan Temur Kapadze shogirdlariga dastlabki turda malayziyalik futbolchilar raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Temur Kapadze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing