O‘zbekiston U-23 Ispaniyaga qarshi Toshkentda o‘ynaydi

Sport

image

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Timur Kapadze boshchiligidagi Olimpiya terma jamoasi oktyabr oyidagi yig‘ini doirasida Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs 13 oktyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya 2002 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat terma jamoa bilan O‘zbekistonga keladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ispaniya U-23

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing