O‘zbekiston U-20 jamoasi uchun Jahon chempionati yakunlandi

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun, 31 may kuni Argentinada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionati nimchorak finali doirasida o‘yin yakunlandi. Chorak final yo‘llanmasi uchun O‘zbekiston va Isroil jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 0:1 hisobida isroilliklar foydasiga hal bo‘ldi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Sherzod Esanov Isroil darvozasiga gol kiritdi, biroq hakam ushbu vaziyatda darvozabonga nisbatan qo‘pollik ishlatildi, deb topdi va gol hisobga olinmadi. Bu bilan asosiy vaqt davomida o‘yinda hisob ochilmadi. 

Ravshan Haydarov shogirdlari ikkinchi bo‘limda hakam tomonidan qo‘shib berilgan 8 daqiqa ichida urilgan yagona gol evaziga isroilliklarga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

O‘zbekiston U-20 jamoasi guruh bosqichida mezbon – Argentinaga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Yangi Zelandiya bilan durang qayd etdi. Oxirgi turda Gvatemala ustidan qozonilgan g‘alaba O‘zbekiston jamoasini nimchorak finalga olib chiqqandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing