O‘zbekiston to‘rtinchi bor Qirg‘izistonga gumanitar yordam jo‘natdi

Olam

image

O‘zbekiston Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun yana 8 tonna gumanitar yordam yubordi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati Matbuot xizmati xabar qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga binoan yuborilgan gumanitar yordamga kislorodli konsentratlar (50 to‘plam) va invaziv bo‘lmagan o‘pkani mexanik shamollatish apparati (100 dona) kiradi.

Qirg‘iziston hukumati yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.

Bu O‘zbekistonning joriy yil mart oyidan boshlab qo‘shni Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash doirasida yuborgan uchinchi insonparvarlik yordamidir. Ayni paytda Qirg‘iziston ham O‘zbekistonga gumanitar yordam yuborgan.

6 iyul holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 7 691 kishiga yetgan, 92 nafar bemor infeksiyadan zararlanish oqibatida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing