O‘zbekiston-Turkmaniston o‘yinida maydonga tushgan muxlislar jiddiy jazolanadi

Sport

image

Avvalroq, bugun, 6 iyun kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston-Turkmaniston o‘yini bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.

Ushbu o‘yinni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilish istagida bo‘lgan muxlislardan jamoat tartibiga qat’iy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so‘raldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Maydonga tushish qat’iyan man etiladi! Avvalgi uchrashuvlardan birida OFK tomonidan belgilangan qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, maydonga yugurib chiqqan va shu orqali tartibsizlik yuzaga keltirgan muxlislarga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan ma’muriy hamda moddiy jazo qo‘llanilgani haqida eslatib o‘tmoqchimiz”, deyiladi manba xabarida. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Turkmaniston o‘yini soat 19:30 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing