O‘zbekiston “Turkmanboshi” dengiz portidan foydalanmoqchi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2021
9902O‘zbekiston Turkmanistonning “Turkmanboshi” dengiz porti infratuzilmasidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Toshkentda o‘tgan Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo komissiyasining 16-yig‘ilishida tomonlar shu haqda muzokara o‘tkazdi.
Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyev hamraisligida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibi investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, ilmiy-texnik, transport va tranzit, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini qamrab oldi.
Ikki mamlakat o‘rtasida transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, tomonlar transport yo‘laklarini yanada rivojlantirish, aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich qayta tiklash, 2022 yilda o‘zaro tarif imtiyozlarini taqdim etish, “Turkmanboshi” dengiz porti infratuzilmasidan foydalanish istiqbollari hamda boshqa tashabbuslarni nazarda tutuvchi qo‘shma choralarni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib oldilar.
LiveBarchasi