Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi raisini qabul qildi
Jamiyat
−
08 Sentyabr 2022 9202 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 sentyabr kuni Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi Raisi Gulshat Mammedovani qabul qildi.
Gulshat MammedovaToshkent shahrida o‘tayotgan jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Uchrashuvda davlat rahbari O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarning bugungi yuksak darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Live
Barchasi