O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
11 mart
6590Bugun, 11 mart kuni Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Ravshanbek Berdaliyevich Begmatov Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etgan.
Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Sherzod Yo‘ldoshev o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rilgan.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan nomzod – Ravshanbek Berdaliyevich Begmatov O‘zbekiston tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlangan va hozirga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Ravshanbek Begmatov O‘zbekiston tumani hokimi etib tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo tumani Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Azizbek Mahammadqul o‘g‘li Turdimurodov Sirdaryo tumaniga hokim etib tayinlangandi.
LiveBarchasi